
“Arsenal” to‘rt futbolchidan voz kechdi
“Arsenal” yozda tarkibini tajribali o‘yinchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Yangi ijrochilarga joy ochish uchun klub mutasaddilari bosh murabbiy Mikel Artetaga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilar bilan xayrlashadi.
The Telegraph nashrining ta’kidlashicha, “Arsenal” kelasi mavsum Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashmoqchi. Buning uchun tarkib sezilarli darajada kuchaytirilishi shart.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mikel Arteta kelasi mavsumda ham Eynsli Meytlend-Nayls, Reyss Nelson, Folarin Balogun va Emil Smit-Rou xizmatidan foydalanmaydi.
Bu futbolchilar orasida Balogunning xaridori ko‘p. Frantsiyalik hujumchi ijarada o‘ynayotgan “Reyms” tarkibida sermahsullik ko‘rsatmoqda. U Frantsiya chempionatida raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qildi. Shunga qaramay, Mikel Arteta unga imkoniyat bermoqchi emas.
Fikrlar