
"Arsenal" tovon puli salkam 60 mln evro turadigan 18 yoshli futbolchiga qiziqib qoldi
“Sporting”ning yosh umidli hujumchisi Tyagu Tomash faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga qaraganda, 18 yoshli portugaliyalik futbolchining xizmatlariga Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Shartnomaga ko‘ra uning tovon puli 59 mln evroni tashkil etadi va bu unga APL klubiga ko‘chib o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababli lissabonliklar bu borada narxni pasaytirishga tayyor.
Tomash joriy mavsum “Sporting” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar