
"Arsenal" transfer maqsadidan voz kechdi
"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi Iskoni xarid qilish fikridan qaytdi.
"AS" nashrining xabariga ko‘ra, murabbiylar shtabi jamoaning yosh futbolchisi Imila Smit-Rouning o‘yinidan qoniqish hosil qilmoqda. Shu sababli, Arteta yangi xaridga o‘rin yo‘q deb hisoblamoqda.
London klubi tarbiyalanuvchisi APLning 3ta o‘yinida 2ta golga assistentlik qilishga ulgurdi. Transfermarkt portali 20 yoshli havbekni 2,7 million evroga baholamoqda.
Fikrlar