
"Arsenal" va "Chelsi" belgiyalik yarim himoyachi uchun kurashmoqda
"Sautgempton" futbolchsi Romeo Laviya top klublar e’tiborida bo‘lib turibdi. Uni Londonning ikki jamoasi "Arsenal" va "Chelsi" kuzatib bormoqda, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, "kanonirlar" "Brayton" vakili Kaysedoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Agarla ushbu transfer o‘xshamasa, belgiyalik yarim himoyachi variantiga qaytadi. "Aristokratlar" esa unga anchadan beri qiziqish bildirib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Laviya ushbu mavsum "Sautgempton" tarkibida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar