
"Arsenal" va "Everton" ispaniyalik himoyachi uchun kurash boshladi
"Atletik" Bilbao klubi himoyachisi Unai Nunes APL klublarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Arsenal" va "Everton" klublari kurash boshlagan. Ta’kidlash kerakki, ushbu transfer ingliz klublari uchun 25 mln evrodan kamiga tushmasligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Nunes asli “Atletik” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar