"Arsenal" va "Shaxtyor" o‘zaro muzokara o‘tkazishmoqda!

  • 22 yanvar, 2020, 01:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shaxtyor" himoyachisi Nikolay Matvienko faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "Arsenal" ukrainaliklar bilan muzokaralarni boshlagan. Londonliklar 23 yoshli futbolchini transfer oynasi yopilguniga qadar hal qilishmoqchi!

Muzokaralarda agent Arturo Kanales va yana bir agent Oleg Smaliychuk ishtirok etishyapti.

Ma’lumot uchun, Kanales Maryan Shved, Jerar Pike, Ivan Rakitich, Xavi va yana boshqalar bilan ishlaydi.

Smaliychuk esa Andrey Luninni "Real"ga o‘tishiga yordam bergan.

Avvalroq, Matvienko top-5 ligalarning birorta klubiga o‘tishi taxmin qilinayotgan edi. "Manchester Siti" markaziy himoyasini ukrainalik futbolchi bilan to‘ldirishni ko‘zlayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!