"Arsenal" Xames Rodrigesga qiziqish bildira boshladi
Londonning "Arsenal" klubi "Bavariya"da ijara asosida to‘p surayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor. O‘z navbatida “qirollik klubi” ham agar myunxenliklar bilan Xamesning ijara shartnomasini bekor qilishga muvaffaq bo‘lsa, ushbu mablag‘ evaziga uni “Arsenal”ga sotib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Bavariya” safida jami 2ta uchrashuvda ishtirok etdi.



Fikrlar