"Arsenal" yangi darvozabon sotib oladi
"Arsenal" "Brentford" vakili David Rayani sotib olishga jiddiy kirishdi. U ikkinchi raqamli darvozabon sifatida emas, balki Eron Remzdeyl bilan asosiy tarkibga kirish uchun kurash olib boradi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga, ispaniyalik posbonga "Bavariya"dan ham taklif kelib tushgan. Ammo u "kanonirlar" safiga o‘tishni ma’qul ko‘rdi.
Tez orada "Arsenal" va "Brentford" o‘rtasila muzokaralar boshlanadi. Bu transfer kamida 40 million evroga tushishi mumkin.



Fikrlar