
"Arsenal" yangi mavsum uchun asosiy libosini namoyish qildi (FOTO)
Londonning "Arsenal" klubi o‘zining instagramdagi rasmiy sahifasi orqali yangi mavsumda foydalanadigan asosiy libosini namoyish qildi.
Ushbu libos ham poytaxt jamoasi uchun an’anaviy hisoblangan qizil va oq ranglardan tayyorlangan. “Arsenal”ning texnik hamkori Germaniyaning Adidas kompaniyasi hisoblanadi.
"Kanonirlar" yangi libosdagi ilk uchrashuvini 17 iyul kuni "Glazgo Reynjers"ga qarshi o‘tkazadi.
Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum premer-ligada 8-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar