
“Arsenal”ga jamoa to‘purari kerakmas
“Arsenal” rahbariyati yozda zo‘rg‘a ushlab qolgan yulduzi Per-Emerik Obameyangni yozda sotib yuborishga qaror qildi.
Avvalgi mavsumda to‘purarlik mahoratini namoyish qilganidan so‘ng, gabonlik hujumchiga xaridorlar ko‘payib ketgan edi. “Kanonirlar” uni olib qolish uchun klubda eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylantirishdi. Biroq, shartnomasini yaxshilab olgan futbolchining o‘yinida keskin pasayish kuzatildi.
Obameyang joriy mavsumda premer-ligada 24 ta uchrashuvda qatnashib, to‘qqizta gol urdi va bitta golli pas uzatdi.
31 yoshli hujumchining londonliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Shunga qaramay, “Arsenal” rahbariyati yozda bu futbolchiga talabgorlarni topish uchun harakatni boshlab yubordi.
Fikrlar