
“Arsenal”ga jamoani chempion qiladigan uch futbolchi kerak
O‘z vaqtida “Arsenal”ni boshqargan murabbiy Jorj Grem “kanonirlar” bosh sovrin uchun kurashga qaytishi uchun yozda uch nafar futbolchini jamoaga olib kelishi kerakligini ta’kidlamoqda. Uning fikricha, bu masalani 75-100 million funt sarflab, hal qilish mumkin ekan.
Mikel Arteta shogirdlari joriy mavsumda chempionlik tugul, kuchli to‘rtlikka ham yaqinlasha olmayapti. Mavsum boshida musobaqa jadvalining quyi qismiga tushib qolgan jamoa hozir o‘rtamiyonalar orasida yuribdi.
Gremning fikricha, Arteta poydevori mustahkam jamoa qurmoqda. Biroq, katta maqsadlar sari kurashish uchun jamoaga kamida 200 million funt miqdorida sarmoya kiritilishi kerak.
- “Arsenal”da muammolar etarli, biroq ular uch futbolchini olib, bu kamchiliklardan qutilishi mumkin. Arteta o‘z ishini yaxshi uddalayapti. U murabbiy sifatida shogirdlarini ma’lum darajagacha kuchaytirdi. “Arsenal”da o‘sadigan yoshlar bor, lekin ularga yordam kerak. Zo‘r futbolchilar olib kelinsa, ular yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Tajribali uch nafar futbolchini 75-100 million funtga olish mumkin, - dedi Jorj Grem.
Fikrlar