Qaysar O‘zilning birgina goli “Arsenal”ga 16 millionga tushmoqda

  • 20 iyun, 2020, 14:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” yarim himoyachisi Mezut O‘zil jurnalist tomonidan ham tanqid qilinmoqda.

Aslida hammasiga germaniyalik futbolchining pandemiya davrida maoshining qisqartirilishiga rozi bo‘lmaganidan boshlandi.

Angliyalik jurnalistlar uning topayotgan maoshi va jamoaga keltirayotgan foydasini taqqoslab chiqishdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 23  marta maydonga tushib, umumiy 1812 daqiqa o‘ynagan. Bu vaqt mobaynida bitta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi. U haftasiga 350 ming funt maosh oladi. Bu 45 haftada 15,75 million funtni tashkil qiladi.

Demak, O‘zil maydonda qayd etgan natijalarga ko‘ra, bitta goli jamoasiga qariyb 16 million, golli pasi 5,25 million, har bir to‘p uzatishi 15 ming, “podkati” 790 ming funtga tushmoqda.

O‘zilning “Arsenal” bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha davom etadi. Katta ehtimol bilan u jamoani tark etadi.

O‘zil siyosat qurboni bo‘lmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!