"Arsenal"ning asosiy himoyachilaridan biri juda uzoq muddat maydonga tusholmaydi

  • 2 yanvar, 2020, 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Kalum Chembers tizzasidan olgan jiddiy jarohati sabab 9 oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “kanonirlar” rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi 29 dekabr kuni “Chelsi”ga (1:2) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, Kalum Chembers “Arsenal” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!