“Arsenal”ning yana bir afsonasi Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Belorusiyalik yarim himoyachi Aleksandr Gleb qo‘shni Qozog‘istonning “Qayrat” klubi safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda SIA SPORTINFORM xabar bermoqda.
Yuqoridagi nashrning yozishicha Londonning “Arsenal” va Kataloniyaning “Barselona” klublaridagi faoliyati bilan tanilgan 36 yoshli futbolchi ayni damda qozoq klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Aytish lozimki, “Qayrat”da “Arsenal”ning yana bir sobiq futbolchisi Andrey Arshavin ham to‘p suradi.

Fikrlar