
Arslon izidan, Sulsher so‘zidan qaytmaydi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher “Borussiya” yulduzi Jeydon Sanchoni olish masalasini yana ko‘tardi.
Avvalroq, manchesterliklar rahbariyati dortmundlik hamkasblar bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erisholmagandi. Qolaversa, “Borussiya” ham o‘yinchi yana kamida bir yil Dortmundda to‘p surishini ta’kidlagan.
Voqealarning bunday rivoji Sulsherni qoniqtirgani yo‘q. Norvegiyalik mutaxassis agarda Jeydon Sanchoning o‘zi “Manchester Yunayted”ga kelish istagi yo‘qligi rasman ommaviy tarzda e’lon qilsagina, uning transferidan voz kechishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
“Borussiya” klubi esa, bu transfer masalasini keyingi yozgacha cho‘zib, kurashga “Barselona”, “Real” va “Manchester Siti” kabi grand klublarning qo‘shilishini kutmoqda.
Fikrlar