
Arteta "Arsenal"ning asosiy futbolchilaridan biri bilan janjallashib qoldi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta va jamoa yarim himoyachisi Matteo Genduzi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis va frantsiyalik futbolchi jamoaning Abu-Dabidagi yig‘ini paytida tortishib ketishgan. Hozircha janjalning sababi noma’lum.
Aytish kerakki, Arteta Genduzini APLning o‘tgan turida “Nyukasl”ga (4:0) qarshi o‘yinda maydonga tushirmadi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli Genduzi joriy mavsum “Arsenal” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 3 ta goliga assistentlik qildi. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar