
Arteta "Barsa" bilan o‘yindan so‘ng: "Kuchimizni tejab g‘olib bo‘lishimiz ham mumkin edi!"
Bugun tongda "Arsenal" o‘rtoqlik o‘yini doirasida "Barselona"ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur o‘yindan so‘ng "to‘pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchi kurash bo‘lishi bilanoq bu jiddiy bahs bo‘lishini anglab etdim. 70 ming odam qarshisida shu kabi atmosfera bo‘lishi tabiiy hol. Ikki tomondagi futbolchilarning barchasi faqat g‘alaba uchun maydonga tushgandi.
O‘rtoqlik o‘yini uchun ko‘p ter to‘kdik, deb o‘ylayman. Kuchimizni tejab g‘olib bo‘lishimiz ham mumkin edi. Ammo maydonda murabbiylar emas, futbolchilar to‘p tepadi. Bunday shiddatli o‘yinda ularni jilovlab turishning iloji bo‘lmaydi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar