
Arteta: "Biz PSJdan yaxshiroq o‘ynadik"
Chorshanba oqshomida PSJ o‘z uyida Chempionlar Ligasi yarim finali javob uchrashuvi doirasida "Arsenal"ni mehmon qildi. Uchrashuv 2:1 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘ldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi va Luis Enrike qo‘l ostidagi jamoa final bosqichiga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng "Arsenal" ustozi Mikel Arteta o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, PSJni final bosqichiga chiqgani bilan tabriklayman. Uchrashuvga biroz vazminlik bilan baho beraman. Raqib zahirasidan shuni bilish mumkin ediki, biz ulardan ancha kuchliroq edik. O‘ylashimcha biz finalga juda yaqin edik.
Ikkala o‘yinni ko‘rib chiqsangiz eng yaxshi o‘yinchi bu ularning darvozaboni edi. Men futbolchilarimdan juda faxrlanaman. Ular ko‘rsatgan o‘yin, uchrashuvning boshlanishi, bosimni bartaraf etishini hisobga oladigan bo‘lsak, 20-daqiqadayoq hisobni 3-0 ko‘rinishiga olib kelishimiz mumkin edi"- deya izoh berdi ispaniyalik bosh murabbiy.
Ma’lumot o‘rnida, PSJ va "Inter" o‘rtasidagi final bahsi 1 iyun kuni Myunxen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar