
Arteta o‘z jamoasida Kanseluni ko‘rmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Bavariya"ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluga qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik futbolchi nemis jamoasida mavsum oxirigacha ijara asosida to‘p suradi, futbolchining huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli.
“Shaharliklar” yozda Kanselu bilan doimiy ravishda xayrlashishga qarshi emas. "City Xtra" nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal" poygada ishtirok etishga tayyor. Joau "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetani taniydi. Ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo‘lganida portugaliyalik bilan bir necha oy davomida ishlagan.
Ma’lumot uchun, "Bavariya"da Kanseluni 70 million evroga sotib olish imkoniyati bor, ammo Myunxen klubi hali bunday pulni to‘lashga tayyor emas.
Fikrlar