Arteta Timberning YEChL finaligacha safga qaytishidan umid qilmoqda

  • 15.05.2026 00:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Yurryen Timberning Yevropa Chempionlar ligasi finaligacha tiklanishi borasida ehtiyotkor optimizm bildirdi.

Niderlandiyalik futbolchi ikki oydan beri chov sohasidagi jarohatidan tiklanmoqda. Shu bilan birga, jamoaning asosiy o‘ng qanot himoyachisi Ben Uayt ham tizzasidagi jarohat tufayli safdan chiqqan.

Natijada londonliklar mavsumning hal qiluvchi bahslari — APLdagi "Börnli" va "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvlar hamda 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan PSJga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi finali oldidan o‘ng qanotdagi asosiy futbolchilarsiz qoldi.

"Imkoniyat bor, ammo uning qay darajada ekanini ayta olmayman. U tezroq qaytish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. So‘nggi kunlarda ijobiy o‘zgarishlar bor, u o‘zini yaxshiroq his qilayapti", — dedi Arteta ESPN’ga bergan intervyusida.

Ma’lum qilinishicha, agar Timber va Uayt maydonga tusha olmasa, o‘ng qanotda Kristian Moskera yoki chap qanot himoyachisi Rikkardo Kalafyori harakat qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!