
Arturo Vidal "Barselona" bilan shartnomasini bekor qildi
"Barselona" xavbeki Arturo Vidal jamoadan ketyapti.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli chililik futbolchi kataloniyaliklar bilan amaldagi 2021 yilga qadar tuzilgan shartnomasini bekor qilgan. U allaqachon jamoadoshlari bilan xayrlashgan va klub qarorgohidan narsalarini olib ketgan.
Vidal “Barselona” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 96 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Endi u "Inter"ga o‘tishi aytilmoqda.
Fikrlar