
Asabiy ruhda kechgan o‘yinda "Real" yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Evropa Chempionlar Ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Real" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda 0:0 hisobi qayd etildi.
Tomonlar qancha harakat qilmasin, goh hujumchilar mo‘ljalda adashdi, goh darvozabonlar yaxshi harakat qilib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, birinchi o‘yinda 3:1 hisobi bilan g‘alaba qozongan "qirollik klubi" yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar