Asensio "Real"da o‘zining eng yomon natijasini qayd etdi

  • 24.12.2020 13:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" vingeri Marko Asensio kecha "Granada"ga (2:0) qarshi o‘yinda jamoadoshi Kazemironing goliga assistentlik qildi.

Opta statistik portalining ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi so‘nggi 20 ta o‘yinda ilk bor golda bevosita ishtirok etgan. E’tiborlisi, bu Asensioning “Qirollik klubi”dagi faoliyati davomidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

Marko so‘nggi bor, 19 iyul kuni "Leganes"ga (2:2) qarshi o‘yinda gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!