
Ashraf Hakimi "Marsel"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera oladi
PSJning o‘ng qanot himoyachisi Ashraf Xakimi yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘ldi.
Marokashlik futbolchi Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya"ga (0:1) qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab Liga 1 doirasidagi "Lill"ga qarshi uchrashuvni (4:3) o‘tkazib yuborgandi.
Frantsiya OAVlarining yozishicha, shanba kuni 24 yoshli futbolchi umumiy guruhda mashg‘ulotlarga qaytadi va yakshanba kuni u parijliklarning asosiy ta’qibchisi bo‘lgan "Marsel" bilan eng muhim o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Xakimi joriy mavsumda Kristof Galte jamoasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va beshta samarali uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar