Ashraf Hakimi yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jo‘nab ketdi

  • 05.07.2021 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik jurnalist-insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, PSJ va "Inter" klublari marokashlik himoyachi Ashraf Hakimining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Hakimi allaqachon yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Parijga yo‘l olgan. Uning agenti Davide Lippi esa "Inter" ofisiga kelgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, PSJ Hakimi uchun “neradzurrilar”ga 60 million evro to‘laydi. Bundan tashqari shartnomada 11 mln evro bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Hakimi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!