
Ashraf Hakimining otasi ko‘pchilik bilmaydigan sirni oshkor qildi
"Real"ning sobiq himoyachisi Ashraf Hakimining otasi o‘g‘li yoshligida "Atletiko" bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘lganini aytdi.
“Ashraf bir paytlar “Atletiko” futbolchisiga aylanishi mumkin edi. U bir ko‘rishdayoq murabbiylarni hayratda qoldira oldi. Biz hatto shartnoma ham oldik, lekin uni imzolashdan bosh tortdik. Chunki bir haftadan so‘ng biz “Real” ko‘rigidan o‘tishimiz kerak edi”, - deya eslab o‘tdi marokashlik futbolchining otasi.
Ta’kidlash kerakki, Hakimi hech qachon "Real"da o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadi va 2020 yilning yozida klubni tark etdi. Ayni damda u PSJ sharafini himoya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Marokash terma jamoasi JCh-2022 yarim finalida Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar