
Ashraf Haqimi unga qo‘yilgan ayblovlarga munosabat bildirdi
PSJ himoyachisi Ashraf Haqimi unga qo‘yilgan zo‘ravonlik ayblovlari haqida fikr bildirdi. Unga nisbatan ish isbotlansa, 15 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.
"Men xotirjamman. Menga qaratilgan yolg‘on ayblovlar dahshatli va noadolatli. Bunday holatni hech kimga tilamasdim. Bilamanki, haqiqat oshkor bo‘ladi.
O‘zimni hech narsada aybdor his qilmayman va meni taniydiganlar ham bundan xabardor. Men xotirjam va hayotimdagi eng muhim narsalar – oilam va futbolga e’tibor qaratganman. Aytganimdek, haqiqat albatta ma’lum bo‘ladi", – dedi Haqimi "Canal+"ga bergan intervyusida.
Fikrlar