Ashurmatov O‘zbekistonning guruhdagi raqiblari haqida gapirdi

  • 06.12.2025 03:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo / Yamayka / Yangi Kaledoniya jamoalari bilan bahs olib boradi. "Oq bo‘rilar"ning himoyachisi Rustam Ashurmatov mazkur guruh haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Qur’a haqidagi taassurotlar juda yaxshi. Rostini aytsam, mezbon jamoa tushishini xohlagan edim. Lekin bu sodir bo‘lmadi. Biroq o‘zim xohlagandan ham kuchli jamoalar bilan bir guruhdan joy oldik. Qur’adan oldin Portugaliya bilan nasib etsa, finalda o‘ynaymiz, deb aytgan edim. Mana, bir guruhda bahs olib boramiz", — dedi futbolchi.

Ma’lumot uchun, musobaqa 2026 yilning 11 iyunidan start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!