
Ashxabod mezbonligidagi Jahon chempionati 40 ga yaqin davlatda yoritiladi
Bugun Ashxbod shahridagi Sport mehmonxonasida Kurash bo‘yicha katallar o‘rtasidagi XIV-Jahon chempionati oldidan Matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda Jahon chempionati tashkiliy qo‘mita a’zolari, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti Haydar Farman, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy, mahalliy xalqaro OAV vakillari ishtirok etishdi. Anjumanni Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Ata Ataev chempionatga tayyorgarliklar bo‘yicha hisoboti bilan ochib berdi.
Darhaqiqat, Jahon chempionati tashkiliy jihatidan juda yuqori standartlar asosida o‘tkazilmoqda. Unda 300 nafardan ortiq volontyor, 500 ga yaqin shifokor, haydovchi, xafvsizlik xizmatiga ma’sul insonlar jalb etilgan. Ayni kungacha dunyoning barcha qit’asidan 500 ga yaqin ishtirokchilar Ashxabodga etib kelishmoqda. Shundan so‘ng IKA Prezidenti so‘zga chiqdi va tashkilotchilarga va shaxsan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdemuxamedovga Dunyo Kurash oilasi nomidan samimiy minnatdorchiligini izhor qildi. Turkmaniston so‘ngi yillarda barcha sohalarda va xususan sport sohasida ham barqaror rivojnalayotganligi e’tirof etdi. 2017 yilda Ashxabod juda yirik sport o‘yinlariga mezbonlik qilgan edi. Yopiq inshoatlar va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari eng yuqori darajada tashkil etilganligini ma’lum qildi. Kurash bo‘yicha Jahon chempionatini mediada yoritilishi uni tashkil etilganidek yuqori bo‘lishidan umid qilishini aytib o‘tdi.
Kurash musobaqalarini keng miqyosda targ‘ib qilishda IKA barcha OAV va sport jurnalistlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligi bildirdi. Yig‘ilishda so‘z navbati Turkmaniston davlat teleradio va kinomatografiya davlat qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Annasehat Kakayev ga berildi. Janob Kakaev Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIV jahon chempionatini keng miqyosda yoritish joriy yilning avgust oyidan boshlanganligi ma’lum qildi. Shu kungacha mahalliy va xorijiy OAVlarda 10 mingga yaqin yangiliklar, xabar va teleko‘rsatuvlar e’lon qilindi.
Chempionatning mamlakatning 11 ta telekanallarida keng yoritiladi. Ochilish marosimi, musobaqa jarayonlari Sport va Yoshlik telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi. Jonli efirlar “Turkmen Hemrasy”sun’iy yuldosh tizimi orqali ham 40 ga yaqin davlat hududida tarqatiladi. Shuningdek, Kurash bahslari Asia–Pacfic Broadcasting Union (ABU), Varzish (Tajikistan), Sport (Uzbekistan) telekanallarida ham efirga uzatilishi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Bundan tashqari Euronews, MIR24, AIPS, AVN, TRT, CCTV va boshqa dunyoning eng nufuzli axborot agentliklari muxbirlari ham akkredetatsiyadan o‘tkazilgan va ular chempionatni yoritishda ishtirok etishmoqda.
Matbuot anjumani davomida IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy so‘zga chiqdi. U sport musobaqalarni yoritish o‘sha sport nafaqat tomashabinlari uchun balki sportning yanada rivoji uchun ham muhimligini e’tirof etdi. Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIV Jahon chempionatini yoritishda faollik ko‘rsatayotgan barcha OAV vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri efirlar Turkmaniston teleradiokanallari yordamida Youtube platformasida ham jonli efirga uzatilishi rejalashtirilganligi e’lon qildi.
Bu chempionatda ishtirok etaolmayotgan milliy federatsiyalar uchun ham juda qiziqarli bo‘liishini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimi 25 noyabr kuni, kurash bahslari esa 27-28 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar