
Asror Aliqulov "Qizilqum"ni boshqaradimi? Murabbiy qanday javob berdi?
G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini bir necha mavsum davomida boshqargan qashqadaryolik murabbiy Asror Aliqulovning shartnomasi shu yilning dekabr oyida yakuniga etadi.
Jamoasi bilan Pro ligada 6-o‘rinni egallagan Asror Chorievichning xizmatiga ayrim klublar tomonidan qiziqishlar bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.
Misol uchun Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Aliqulovga taklif bilan chiqqanligi haqidagi xabarlar qulog‘imizga chalinayotgandi. Bunga oydinlik kiritish uchun Asror Aliqulov bilan bog‘langanimida murabbiy Sports.uz saytiga shunday dedi:
"Ha, mening shartnomam dekabr oyi oxirida tugaydi. Takliflarga kelsak, hozircha bu og‘zaki gap xolos. Jiddiy tarzda hali hech narsa bo‘lgani yo‘q. Hammasini o‘ylab turibman. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi", - dedi Aliqulov.
Eslatib o‘tamiz, joriy chempionatda "Qizilqum"ga ustozlik qilgan serbiyalik Nikola Lazarevich jamoani tark etishini e’lon qilib ulgurgan.
Fikrlar