
"Aston Villa" "Arsenal" yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Qishki transfer oynasida "Aston Villa" tarkibni kuchaytirishga, bitta yarim himoyachi sotib olishga harakat qiladi. Birmingemliklar radariga "Arsenal" a’zosi Emil Smit-Rou tushgan, deya xabar bermoqda "Football Transfers" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, "Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luisga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Ammo braziliyalik futbolchini klubi qo‘yib yubormoqchi emas. Ushbu transferga Smit-Rou qo‘shilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik xavbek ushbu mavsum kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi bo‘lmoqda. U jamoa tarkibida 8 ta o‘yinda maydonga tushirildi. Shuningdek, 1 ta golda ishtirok etgan.
Fikrlar