"Aston Villa"ga ikkita yangi futbolchi keldi
Birmingemning «Aston Villa» klubi rasm an ikki yangi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. Jamoa tarkibi italyalik himoyachi Matteo Rudjeri va yaponiya lik darvozabon Dziona Sudzuki bilan to‘ldirildi.
Rudjeri avval «Atletiko Madrid» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Sudzuki Italiy aning «Parma» klubida o‘ynab kelayotgan edi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 24 yoshli Rudjeri va 23 yoshli Sudzuki «Aston Villa» bilan barcha rasmiy tartib-qoidalarga muvofiq shartnoma tuzishdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, birmingemliklar italyalik himoyachi uchun taxminan 25 million y evro to‘lagan. Yaponiya terma jamoasi posboni Sudzuki transferi esa bonuslarini hisobga olgan holda 35 million y evro atrofida baholanmoqda. Qiziqi shundaki, unga avvalroq Frantsiyaning yetakchi klublaridan biri PSJ ham jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Aston Villa» bosh murabbiy Unai Emeri qo‘l ostida Angliya chempionati jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab, kelasi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Fikrlar