"Aston Villa" transfer rekordini yangiladi

  • 09.09.2020 16:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Aston Villa" klubi Olli Uotkins transferini rasman e’lon qildi.

"Villa Park egalari" "Brentford" futbolchisi uchun 28 mln evrodan voz kechishga majbur bo‘ldi. Bu narx klub tarixidagi rekord summa hisoblanadi. Shuningdek, bitimda 5 mln evro miqdorida turli bonuslar ham nazarda tutilgan.

24 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Uotkins ortda qolgan mavsum "Brentford" tarkibida 49 o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!