
"Atletik" bosh murabbiyi: Benzema - La Ligadagi eng zo‘r hujumchi
"Atletik" Bilbao bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral Ispaniya kubogi chorak final uchrashuvi oldidan "Real" hujumchisi Karim Benzema haqida gapirdi.
“U bizning ligadagi eng yaxshi futbolchi. Agar o‘yinning qiziqarliligi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning maydonda bo‘lishini istardim. Ammo u o‘ynamasa, bizda imkoniyat ko‘proq”, - dedi Marselino.
Oldinroq frantsiyalik futbolchi "Atletik" bilan o‘ynay olishi ma’lum bo‘lgandi. U La Liganing “Elche”ga (2:2) qarshi o‘yinida olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Atletik" - "Real" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqt bilan soat 01:30 da boshlanadi.
Fikrlar