"Atletik" La Ligada eng ko‘p durang o‘ynagan ikkinchi jamoa bo‘ldi
Xabaringiz bor “Atletik” Bilbao kecha La Liganing 4-turida “Malorka” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Opta statistik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu bilbaoliklar uchun Ispaniya chempionatidagi 200-durang bo‘ldi. Bu esa ikkinchi natija hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, La Ligada eng ko‘p durang o‘ynagan jamoa “Espanol” hisoblanadi. Kataloniyaliklar jami 201 marta raqiblari bilan murosa yo‘lini tanlashgan.
Fikrlar