"Atletik" ustozi iste’foga chiqarildi

  • 24.05.2022 19:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Atletik" Bilbao klubi ustozi Marselino Garsiya Toral o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Toral mavsum boshida bilbaoliklarni qabul qilib olgandi. U boshchiligida basklar La Liga 38 tur yakuniga ko‘ra, 55 ochko to‘pladi hamda 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis bunga qadar "Valensiya", "Sevilya" hamda "Vilyarreal" kabi jamoalarni boshqargan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!