
"Atletiko" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
La Liga 16-turidan o‘rin olgan "Malorka" - "Atletiko" uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi. Qizig‘i, amaldagi Ispaniya chempionlari raqibga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab, madridliklar futbolchisi Kunya hisobni ochdi. 80-daqiqada Russo muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Kubo gol urib, mehmonlarga g‘alaba taqdim etdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "matraschilar" hisobidagi 29 ochko o‘zgarmay qoldi. Ular ayni damda 4-o‘rinni band etgan. "Malorka" esa ochkolari sonini 19 taga etkazgan holda, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar