“Atletiko” Al’varesning narxini “Barselona”ga aytdi
“Atletiko” “Barselona” jiddiy qiziqish bildirayotgan Xulian Al’varesning transfer narxini belgiladi.
X ijtimoiy tarmoqlaridagi The Touchline nashri bergan ma’lumotlarga koʻra, Madrid klubi hujumchi uchun kamida 120 million yevro talab qilmoqda. “Barselona” boʻlsa, bu transfer uchun 70 million yevrogacha taklif qilmoqchi. Har ikkala tomon bilan aloqasi boʻlgan vositachilar ehtimoliy transfer ustida jiddiy ishlamoqda.
Avvalroq, Xulian Al’vares klub rahbariyatiga yozda jamoani tark etib, “koʻk-anorranglilar” safiga borib qoʻshilishini haqida xabardor qilgani ma’lum boʻlgandi.
Hujumchi joriy mavsumda 47 ta oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol va 9 ta assist qayd etgan. Shuningdek u jamoaga UEFA Chempionlar Ligasi yarim finali hamda Ispaniya kubogi finaligacha borishiga yordam bergandi.
Abduvaliev Azizbek

Fikrlar