
“Atletiko” azaliy raqibi “Real”dan futbolchi olmoqchi
“Atletiko” o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real”ning chap qanot himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
TodoFichajes xabar berishicha, Diego Simeone anchadan beri Fran Garsiani “matraschilar” safida ko‘rmoqchi. Argentinalik mutaxassis 25 yoshli futbolchini oldin ham jiddiy qiziqish bildirgan.
Yozda “qirollik klubi” Alfonso Devisni o‘z safiga qo‘shib olishi kutulmoqda. Shu sababli, Fran Garsia yoki Ferlan Mendi klubni tark etadi. Ispaniyalik fulbekning narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar