"Atletiko" bosh direktori: Lemar sotilmaydi!

  • 29 yanvar, 2020, 14:23
  • 0
  • Futbol

“Atletiko” klubi bosh direktori Migel Anxel Marin jamoa yarim himoyachisi Toma Lemar joriy qishki transferlar davrida sotilmasligini ma’lum qildi.

“Lemar sotilmaydi. Bu borada hech narsa o‘zgarmaydi», - Marinning so‘zlarini iqtibos keltiradi Goal nashri.

Ma’lumot uchun, Lemar joriy mavsum La Ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!