"Atletiko" "Chelsi" futbolchisi bo‘yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda

  • 21.07.2025 22:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi "Chelsi" himoyachisi Renatu Veygani o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaralarni faol davom ettirmoqda. "L’Équipe" nashrining xabariga ko‘ra, ispanlar allaqachon ikki bor taklif yo‘llagan — so‘nggisi bonuslar bilan birga 35 million evroga teng.

Biroq, "Chelsi" hozircha bu taklifni qabul qilishga tayyor emas. Londonliklar 21 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun kamida 40 million evro talab qilmoqda.

"Atletiko" himoya chizig‘ini kuchaytirishni transfer oynasidagi asosiy vazifalardan biri deb biladi va Veyga ular uchun ustuvor nomzodlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Renatu Veyga o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Yuventus" safida ijarada o‘tkazgan va A Seriyada 13 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!