"Atletiko" muxlislari uchun xushxabar

"Atletiko" forvardi Diego Kosta umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.

Forvard noyabr oyida olgan jarohatidan qutilish jarayoni yakuniga etmoqda va yaqin vaqtlar ichida maydonga qaytishi rejalashtirilmoqda.

Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi Madrid klubi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va uch assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!