
"Atletiko" prezidenti: "Keyingi mavsumdagi maqsadimiz - trebl qayd etish"
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso yangi mavsumda jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maqsad — uchta turnirda ham g‘olib chiqish.
"Bizning vazifa — hammasini yutish. Uchinchi o‘rin emas, aynan g‘alaba. Biz har uchala musobaqani yutmoqchimiz. Barchasini. Kerakli futbolchilarni transfer qildik. Menimcha, jamoa buni uddalaydi. Agar imkoniyat bo‘lsa, yana bir futbolchi olishimiz mumkin, lekin hozircha kimdir keladi, deb o‘ylamayman" — dedi Sereso jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" o‘tgan mavsum La Ligani uchinchi o‘rinda yakunlagan va Chempionlar ligasida 1/8 finalgacha etib borgandi. "Matraschilar" ushbu bosqichda Madridning "Real" klubiga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan edi.
Fikrlar