"Atletiko" rahbariyati Grizmanning jamoada qolishiga ishonmayapti

  • 13.05.2019 14:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" Madrid klubi rahbariyati mavsumlar oralig‘ida hujumchi Antuan Grizmanning jamoadan ketishini kutmoqda.

Cadena SER nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” rahbariyati 28 yoshli frantsuz futbolchisining jamoada qolishiga ishonmayapti. Ular Grizmanning bu boradagi rasmiy talabnomasini kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Grizmann “Barselona”ga o‘tmoqchi ekanligi va buning uchun maoshining kamayishiga ham roziligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!