
"Atletiko" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi (video)
Kecha Ispaniya La Ligasining 11-turida shuningdek muxlislar "Deportivo" hamda "Atletiko" qarama-qarshiligiga ham guvoh bo‘lishdi.
Qiziqarli kechgan o‘yin taqdirini so‘ngi daqiqalarda kiritilgan birgina gol hal qildi. Aniqrog‘i, "matraschilar" a’zosi Partining 90-daqiqada kiritgan goli yakunda jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Diego Simeone shogirdlari ochkolari sonini 23taga etkazib olishdi va turnir jadvalida 3-o‘ringga ko‘tarilib olishdi. "Deportivo" esa 11ta turdan so‘ng 11 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinni egallab turibdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar