"Atletiko" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • 29.10.2021 02:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga 11-turidan o‘rin olgan "Levante" - "Atletiko" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. 

12-daqiqada Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Bardi 11 metrlik nuqtadan gol urib, muvozanatni tikladi. 76-daqiqada Kunya "matraschilar"ni yana oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqt yakunlangan bir pallada Bardi yana penaltidan unumli foydalanib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Ushbu natijadan so‘ng, madridliklar hisobidagi ochkolar sonini 19 taga etkazib, La Liga turnir jadvalida 6-o‘rinni band etib turibdi. 6 ochkoga ega "Levante" ayni damda xavfli hududda bormoqda. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!