
“Atletiko” Suaresni aldagani fosh bo‘ldi
“Barselona”ni tark etgan Luis Suaresni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan “Atletiko” urugvaylik hujumchidan yashirgan tarzda, kataloniyaliklarga besh million evro to‘lagani oshkor bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar “Barselona”gaga yana 6 million evro miqdorida bonus to‘lashi ham kutilmoqda.
Luis Suares o‘zini shartnoma oxirigacha o‘ynatmagan “Barselona” rahbariyatidan ranjigani uchun jamoaga o‘zi orqali mablag‘ kelishini istamagan. Biroq tomonlar futbolchiga bildirmay, 5 million evrolik badal haqida yashirincha kelishib olgan ekan.
Luis Suares joriy mavsumda La Ligada 19 ta uchrashuvda 16 ta gol urib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar