Augustin Chiritsa: "Hammasidan ko‘ra yigitlarni ishga bo‘lgan ishtiyoqlari quvontirmoqda"

  • 30 yanvar, 10:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning “Vorksla” (4:3) ga qarshi uchrashuvidan keyin "Andijon" jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Augustin Chiritsa klub matbuot xizmatiga bellashuv borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

“O‘yinni 4:3 hisobida yutganimizdan muxlislarimiz bizdan ko‘ra ko‘proq xursand qildi, deb o‘ylayman. Bir tomondan 4 ta gol urgani xursand qilsa, yomon tarafi 3 ta gol o‘tkazib qo‘yganimiz bo‘ldi. Albatta, bu nazorat o‘yini. Natijadan nolish yaramaydi. Biz barcha futbolchilarga o‘ynash imkoniyatini berdik.

Keyingi bellashuvdagi raqib ham ancha jiddiy. “Boras Banya-Luka” – Bosniya va Gertsegovina chempionatida 2-o‘rinni egallashni uddalagan klub. Meni hammasidan ko‘ra yigitlarimizdagi ishga bo‘lgan ishtiyoqlari quvontirmoqda.

Raqib yaxshi jamoa va ukrain chempionati ishtirokchisi ekanligiga qaramasdan bizning jamoa chiroyli g‘alabani qo‘lga kirita oldi.

Uchrashuvda zafar quchish - bu o‘rtoqlik, nazorat yo rasmiy bo‘ladimi, juda ham yoqimlidir!  O‘z navbatida bundan qoladigan taassurot katta yutuqlar sari yo‘l ochadi” – deya fikr bildirdi, Chiritsa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!