Aviahalokatda vafot etgan Salaning otasi 3 oydan so‘ng yurak xurujidan olamdan o‘tdi

  • 26 aprel, 2019, 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Nant” klubi sobiq hujumchisi Emiliano Salaning otasi yurak xurujidan vafot etdi.

La Nación nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 58 yoshli argentinalik o‘z uyida, ya’ni Santa-Fe provintsiyasida joylashgan Progreso shahrida olamdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, marhumning o‘g‘li Emiliano Sala joriy yilning 21 yanvar kuni La-Mansh bo‘g‘ozida aviahalokatga uchrab vafot etgan edi. U charter reys bilan Uelsga, ya’ni yangi jamoasi hisoblangan “Kardiff” safiga borib qo‘shilish uchun yo‘l olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdullo
26/04/2019 17:04
Salaning oila a'zolariga sabr tilayman. Ayniqsa Salaning onasiga, bu judayam og'ir judolik. Eng yaqin ikki insonini yoqotish bu tariflab bolmaydi. Unga O'zbekiston ahlining taziyasini bildiraman va sabr tilayman.
махмуда Джураева
26/04/2019 18:43
Кушиламан, минг афскс. Сабр берсин.
махмуда Джураева
26/04/2019 18:44
Кушиламан, минг афсус. Сабр берсин.