Avto poyga ishqibozlari uchun Pskentda haqiqiy bayram tashkil etildi

  • 5 aprel, 2022, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Toshkent viloyatining Pskent shahridagi “Yujniy” avtopoligonida O‘zbekiston avtomobil federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan aylanma va drag-poyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Har yili "Yujniy" avtopoligoni avtomobil ixlosmandlari va avtosport mutaxassislarining e’tiborini tortadi. Aylanma poyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionati – 2022 birinchi bosqichida respublikaning turli hududlaridan 25 nafar uchuvchi ishtirok etib, o‘z jamoalari sharafini himoya qildi: TAZ center, Pit stop premium, Samarqand STK, TAZ mania, TRD PRO, Namangan STK va boshqalar.

Professional uchuvchilar uchta toifada bellashdilar: S1600, NU va S2000. Rasmiy start boshlanishidan oldin har bir avtomobilning startdagi o‘rnini aniqlash uchun kvalifikatsiya o‘tkazildi. Trekdagi bahslarni 5000 ga yaqin tomoshabin katta e’tibor va hayajon bilan tomosha qildi.

S1600 toifasidagi aylanma poygalar natijalariga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin: Mirxasilov Jamoliddin
2-o‘rin: Evgeniy Kim
3-o‘rin: Oybek Xamraev

NU sinfida:

1-o‘rin: Rustam Muhameddov
2-o‘rin: Jasur Ergashev
3-o‘rin: Shuhrat Obidjonov

S2000 sinfida:
1-o‘rin: Rauf Hasanov
2-o‘rin: Jahongir Jabarov
3-o‘rin: Farhod Daminov

Jamoa birinchiligida 144 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni "Taz center" jamoasi egalladi; Ikkinchi o‘rinni 119 ochko bilan Pit stop premium jamoasi va uchinchi o‘rinni 66 ochko bilan Samarqand STK jamoasi egalladi.

Birinchi bosqichda drag-racing poygalarida juda ko‘p uchuvchilar qatnashdi - 46 ta, ular 4 toifada (15-sinf, 14-sinf, 13-sinf, Unlim sinfi) ishtirok etdilar. Chempionatda O‘zbekistondan kelgan ishtirokchilardan tashqari Qozog‘iston vakillari ham ishtirok etishdi. Aytish kerakki, ushbu chempionat so‘nggi 7 yil ichida birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Drag-poyga natijalariga ko‘ra, 15-sinfda (14.000 dan 14.999 soniyagacha) eng yaxshilar:
1-o‘rin: Ni Anton
2-o‘rin: Abralov Behruz
3-o‘rin: Satarov Ilhomjon

14-sinfda (13.000 dan 13.999 sekundgacha):
1-o‘rin: Mirxasilov Jamol
2-o‘rin: Anuar Mustafoev
3-o‘rin: Chodiev Diyorbek

13-sinfda (12.000 dan 12.999 sek. gacha):
1-o‘rin: Tsoy Aleksandr
2-o‘rin: Rustam Mametqulov
3-o‘rin: Qurbonaliev Shoxruh

Anlim sinfida (11,999 soniya va undan kam) eng tezkor uchuvchilar orasida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin: Rinat Alimuhamedov
2-o‘rin: Parviz Ahmedov
3-o‘rin: Umarov Umid

Barcha g‘oliblarga chempionat tashkilotchilari va hamkorlari tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!